Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
📍 Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalar faoliyatini takomillashtirish hamda aholini kommunal xizmatlar bilan barqaror ta’minlash bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.
📌 Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
1️⃣ Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish masalasi.
2️⃣ Tumandagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman prokurorining axboroti.
3️⃣ O‘zbekiston Mahalla uyushmasi Yangiariq tuman bo‘limi boshlig‘i F.Shomurodovning 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.
4️⃣ 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan “Hududgaz Xorazm” filiali “Yangiariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi direktori B.Allaberganovning hisoboti.
5️⃣ Tuman elektr ta’minoti tizimida 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolarni bartaraf etish, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik holati yuzasidan “Yangiariq hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi direktori A.Tajiyevning hisoboti.
🔹 Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarining axborot va hisobotlari tinglanib, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Sessiyada ko‘tarilgan masalalar, avvalo, aholi manfaatlarini ta’minlash, hududda barqarorlikni mustahkamlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratildi.
🇺🇿 Xalq bilan birga — xalq manfaatlari yo‘lida!
#Yangiariq #XalqDeputatlari #TumanKengashi #34Sessiya #Mahalla #ElektrTaminoti #GazTaminoti #KuzQishMavsumi

Slide 1 of 8