Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

 

📅 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bilan tanishildi.

📄 Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Farmonning 18-bandida mahalliy Kengashlarga tavsiya etilgan deputatlik nazorati yo‘nalishlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.

🔎 Tavsiyalar bilan tanishish jarayonida deputatlik nazoratida, avvalo, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi emas, balki ularning aniq va amaliy natijasiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

📊 Jumladan, deputatlar tomonidan:
▫️ barqaror ish o‘rinlari yaratilishi;
▫️ fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
▫️ kambag‘al oilalarni daromadli mehnatga jalb etish;
▫️ kichik biznes va tadbirkorlik loyihalarining natijadorligi;
▫️ kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
▫️ mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi
bo‘yicha manzilli va tizimli deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratiladi.

🎯 Asosiy e’tibor — mablag‘ sarflangani emas, uning natijasida fuqaro band bo‘ldimi, oila daromadi oshdimi va barqaror daromad manbai yaratildimi — ana shu mezonlarga qaratiladi. 

Slide 1 of 2