Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
🔰TAKRORIY MUROJAATLAR ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

🔰TAKRORIY MUROJAATLAR ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan “Mustaqillik” mahallasi Yuqori Mohoncho‘q hududida yashovchi fuqarolarning takroriy murojaatlari o‘rganildi.
🔹Murojaatlarda fuqarolar tomonidan yer uchastkalarini hisobga olish va kadastr ma’lumotlaridagi ayrim nomuvofiqliklar sabab yuzaga kelayotgan soliq yukini kamaytirish masalasida amaliy yordam so‘ralgan.
🔹Mazkur holatni o‘rganish davomida 2018-yilda yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan fuqarolarning murojaatlari asosli ravishda ko‘rib chiqilishi zarurligi qayd etildi.
🔹Shundan kelib chiqib, deputat I. Xolov fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda 2018-yilda o‘tkazilgan xatlovdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishni so‘rab, Davlat kadastrlar palatasi Jondor tumani filiali rahbari J. Kuchkarov nomiga deputatlik so‘rovi yubordi.
🔹Deputatlik nazorati doirasida mazkur masalaning qonuniy va adolatli hal etilishi, fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlanishi hamda murojaatlar yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2