Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
BILLUR MAHALLASIDA YANGI EKOHUDUD BARPO ETILISHI O‘RGANILDI

BILLUR MAHALLASIDA YANGI EKOHUDUD BARPO ETILISHI O‘RGANILDI👇👇👇

#ish_reja
#deputat_nazorati
#24_ta_tavsiyaviy_savol

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Saidaliyev A. tomonidan Billur mahallasida, Moyqo‘rg‘on va Binkat ko‘chalari kesishmasida aholi takliflari asosida barpo etilayotgan yangi jamoat ekohududida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍Loyiha doirasida:

🌿Mavjud daraxtlarni to‘liq saqlab qolish va qo‘shimcha ravishda 1 800 tup manzarali daraxt hamda 3 000 tup buta ko‘chatlarini ekish;

💧Zamonaviy tomchilatib sug‘orish va yoritish tizimlarini o‘rnatish;

🚶Sayr yo‘laklari, o‘rindiqlar va dam olish maskanlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

✅Deputat tomonidan ekohududda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, obodonlashtirish jarayonlari va aholi uchun yaratiladigan shart-sharoitlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

🌱Mazkur loyiha hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda Billur mahallasi aholisi uchun zamonaviy va qulay jamoat makonini yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4