Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Kotibiyat xodimlari va deputatlar faoliyati muhokama qilindi

Kotibiyat xodimlari va deputatlar faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi Kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Kotibiyat xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, erishilgan yutuqlar hamda mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, fuqarolar bilan uchrashuvlari, murojaatlarni o‘rganish, muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash va ularning yechimi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kunlik vazifalar va navbatdagi ustuvor topshiriqlar belgilab olinib, deputatlar faoliyatini axborot va tashkiliy jihatdan samarali yoritish, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida har bir xodimga o‘ziga biriktirilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Kengash faoliyatini yanada tizimli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4