Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Deputatlik so‘roviga asosan ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

Deputatlik so‘roviga asosan ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatiga “Jo‘yjangal” mahallasi fuqarolari tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan mas’ullar bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borilib, hudud aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashda mavjud muammolar aniqlangan.

Shundan so‘ng, fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborilib, muammoning sabablarini aniqlash hamda uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot so‘ralgan.

Deputatlik so‘roviga tuman “Suv ta’minoti” bo‘limi tomonidan berilgan javobga ko‘ra, “Jo‘yjangal” mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1,8 km suv tarmog‘i tortilgan.

Hozirda hududda suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish uchun quduq qazish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish tashkiloti tomonidan mazkur ishlar yakuniga yetkazilmagani sababli suv tarmog‘i orqali aholiga ichimlik suvi yetkazib berish imkoniyati to‘liq ta’minlanmagan.

Mas’ullar tomonidan quduq qazish ishlari yakunlanishi bilan “Jo‘yjangal” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ma’lum qilingan.

Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib, ishlarning yakunlanishi va aholi uchun suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha nazorat davom ettiriladi.

Slide 1 of 3