Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
316-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 316-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida muassasada maktabgacha ta’lim xizmatlarini tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning kun tartibi va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar bilan qamrab olinishi, shuningdek, bolalar uchun yaratilgan maishiy va pedagogik shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor tarbiyalanuvchilarning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi, ovqatlanish ratsionining sifati, tibbiy xizmatni tashkil etish hamda muassasada xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, pedagog xodimlar faoliyati, tarbiyaviy ishlarning mazmuni, o‘quv-o‘yin jihozlaridan foydalanish samaradorligi hamda tashkilotning moddiy-texnik ta’minoti holati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi.

Sifatli maktabgacha ta’lim — bolalarning barkamol rivoji va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim poydevordir.

Slide 1 of 6