Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Chep” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida olib borilayotgan xatlov jarayonlari hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi ijrosi
Mahallada xatlov jarayonlarini tashkil etish, aholi xonadonlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimlashtirish hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.

📌 Qonunchilik hujjatlari ijrosi va tavsiyalar nazorati
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonunchilik hujjati hamda 24 ta tavsiyaning ijro etilish holati tahlil qilindi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, ijro intizomini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha

O‘rganish va muloqotlar davomida aniqlangan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar tahlil qilinib, ularni amaldagi tartibda hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati — qonunchilik hujjatlari va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududdagi muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimini topishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7