Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA TA’LIM JARAYONI MUHOKAMA QILINDI

51-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning maktabdagi xavfsizligi, ta’lim-tarbiya jarayoni, davomat va o‘quvchilarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.

🤝Unda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R. Yusupov hamda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati N. Eshmetova ishtirok etib, maktab rahbariyati bilan mavjud masalalarni muhokama qildilar.

🛡Suhbat davomida o‘quvchilarning maktab hududida bo‘lish vaqtida xavfsizligini ta’minlash, dars mashg‘ulotlari jarayonida intizomga rioya etish, o‘quvchilarning davomatini nazorat qilish, ta’lim sifati va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim sohasining asosiy prinsiplari, ta’lim olish huquqi hamda umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi belgilangan. Qonunga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz va majburiy 11 yil davomida amalga oshiriladi.

👧👦Shuningdek, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, har bir bolaning huquq va erkinliklari davlat tomonidan kafolatlanadi. 2026-yil 1-iyuldagi o‘zgartirishlar bilan bolaning xavfsizligi, bilim olishi va har tomonlama kamol topishi uning eng ustuvor manfaatlari qatorida belgilangan.

🔎Uchrashuv yakunida maktab rahbariyatiga o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, davomatni mustahkamlash hamda ota-onalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1