#24_ta_masala
Yoshlar kelajagimiz: A.Navoiy MFYda muhim uchrashuv
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati S.Tishlikov A.Navoiy MFYda maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Muloqot davomida «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda deputat o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kutubxona imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, mahalladagi zamonaviy sport kompleksida tashkil etilgan to‘garaklarga yoshlarni muntazam qatnashishga chaqirib, sport salomatlik va sog‘lom turmush tarzi garovi ekanini qayd etdi.