📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Bunyodkor va Yangiobod mahallalarida xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹 Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔹 Ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga ko‘maklashish;
🔹 Huquqiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash samaradorligi;
🔹 Mahallalarda xotin-qizlar faollari faoliyatining natijadorligi tahlil qilindi.
📍 O‘rganish yakunida mavjud masalalarni bartaraf etish va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.