Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
MAHALLABAY ISHLASH — BARQAROR DAROMAD VA FAROVONLIK ASOSI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M. Ergasheva hamda shahar hokimligining mas’ul xodimlari hamkorligida hududlarda aholi farovonligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son qarori bilan belgilangan hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida mahallalarda xonadonma-xonadon ishlash, oilalarning mavjud imkoniyat va salohiyatini o‘rganish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

 Asosiy maqsad — har bir mahallada mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kambag‘allikdan barqaror farovonlik sari yo‘l ochishdir.

Slide 1 of 2