Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Aholi bandligi — kambag‘allikni qisqartirishning muhim yo‘nalishi

Bo‘zatov tumanida 49-son qaror asosida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida og‘ir toifadagi aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalardan biri — ichki bozor qurilishi jarayoni bilan tanishildi.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 1-sonli "Palwash ataw" saylov okrugidan saylangan deputat Aziz Ibragimov va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasining aʼzosi, deputat Nodira Rashidova obyektidagi qurilish ishlari, loyiha doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusida aholi, xususan, og‘ir toifadagi oilalar uchun yaratilishi kutilayotgan ish o‘rinlari haqida ma’lumot oldi.

Mazkur loyiha hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Ayollar bandligi — yangi imkoniyatlar

Bo‘zatov tumanida 250 ta ish o‘rni yaratilgan “Bo‘zatov Textile” korxonasi faoliyati o‘rganildi. Ayni paytda korxonada 90 nafar ayol mehnat qilmoqda.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 1-sonli "Palwash ataw" saylov okrugidan saylangan deputat Aziz Ibragimov va deputat Nodira Rashidova korxonada bo‘lib, ishchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi, tadbirkorlik faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgandi.

Shuningdek, deputat korxona rahbari va ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Ayollar bandligini ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 9