Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Fuqaroning tibbiy davolanish masalasidagi murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar murojaatlari va ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Furqat ko‘chasi, 11-uy, 24-xonadonda yashovchi fuqaro O.Aripova o‘zining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qildi. Fuqaro tibbiy davolanish uchun zarur bo‘lgan order rasmiylashtirib olishda qiyinchilikka duch kelayotgani, mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatish zarurligini bildirdi.

Deputat tomonidan fuqaroning murojaati tinglanib, masalaning mazmuni va uni belgilangan tartibda hal etish imkoniyatlari o‘rganildi. Fuqaroga murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda tibbiy xizmatdan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Murojaatni amaliy jihatdan o‘rganish va ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish maqsadida mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi. Fuqaroning murojaati yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi va natijasi o‘rganib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4