Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — E’TIBOR MARKAZIDA

AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi O. Rajabov, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda Ilgaldi mahallasi raisi E.Allaberganov hamkorligida Ilgaldi mahallasi Madaniyat ko‘chasi 5-uyda yashovchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro D. Abdullayev xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaroning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari, oilaning moddiy-ijtimoiy holati hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Fuqaro D. Abdullayev avval bosh miya saratoni sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan bo‘lib, hozirda qandli diabet kasalligi bilan davolanmoqda.
Shuningdek, fuqaroning turmush o‘rtog‘i avtohalokat oqibatida qo‘li singani sababli davolanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xorazm viloyati Mahalla jamg‘armasi hisobidan 8 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Slide 1 of 1