Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik faoliyati va monitoring ishlari davomida aholi o‘rtasida ommaviy zaharlanishlarning oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlari hamda belgilangan talablar ijrosini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar SEO va JSB boshlig‘i G‘.Mirzamahmudov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonuni va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 54-sonli buyrug‘i talablariga asosan Qo‘qon shahri aholisi o‘rtasida ommaviy zaharlanishni oldini olish maqsadida qanday amaliy chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur so‘rov orqali shaharda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, ommaviy zaharlanish xavfining oldini olish hamda aholi salomatligi muhofazasini kuchaytirish maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2