Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
DORIXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI

DORIXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev tomonidan o‘zi saylangan Soliobod MFY hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalardan birining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida dorixonada dori vositalarining saqlanishi, yaroqlilik muddati, narxlarning belgilanishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq holatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni zarur preparatlar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va takliflari o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholiga sifatli va xavfsiz farmatsevtika xizmatlarini ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati — fuqarolar manfaatini himoya qilish va muammolarni joyida o‘rganishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2