Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Kengash — aholi bilan birga!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi  O. Tursunov “Boyqishloq” mahallasi faollari bilan uchrashib, mahalladagi mavjud ijtimoiy masalalar bilan yaqindan tanishdi. 🤝

👥 Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy xodim hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlashilib, aholini qiynayotgan muammolar, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

💼 Jumladan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Shuningdek, “Boyqishloq” mahallasida istiqomat qiluvchi Norquvvatov Otabekning bolalar nafaqasi bo‘yicha murojaati tinglanib, mazkur masalani belgilangan tartibda hal etish yuzasidan fikr almashildi.
🌱 Suhbat davomida mahallani obodonlashtirish, mavjud ijtimoiy va infratuzilma muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ko‘makka muhtoj hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari ham muhokama qilindi.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish — Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✨ Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — amaliy yechim izlash jarayonida!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4