Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Qaror ijrosi doirasida hamkorlik

📜 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna mahalla fuqarolar yig‘ini «yettiligi» bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvda mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
📌 Xususan:
✔️ aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratish;
🌱 tomorqa yerlaridan unumli va samarali foydalanish;
🏘 mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
👩‍🦰 xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish;
🤲 kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📝 Shuningdek, «mahalla yettiligi» a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, vazifalar taqsimlandi hamda ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✨ Bunday hamkorlik aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni hal etishga amaliy ko‘maklashish va mahallalarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 6