Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#Deputat_va_hokim_o‘rinbosari #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahallalar #KambagallikniQisqartirish #XonadonbayIshlash #Mahalla #MaxsusShtab #AmaliyYechim

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mahmudjon Rasulov va maxsus shtab a’zolari tomonidan "Ipoq" mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar davom etmoqda.

Mahalla hududidagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning mavjud imkoniyatlarini aniqlash va har bir xonadon uchun individual yondashuv asosida amaliy choralarni belgilash maqsadida xonadonbay xatlov ishlari olib borilmoqda.

🔎 O‘rganish jarayonida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, daromad manbalari, kasb-hunari, tadbirkorlik qilish imkoniyatlari hamda qo‘shimcha daromad topish salohiyati atroflicha o‘rganilmoqda.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etib qo‘yish bilan cheklanmasdan, ularning har biri bo‘yicha aniq yechim, mas’ul va amaliy chora-tadbirlar belgilanmoqda.

🎯 Asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi orqali kambag‘allikdan chiqarish.

🤝 Xonadonbay ishlash — muammoni joyida ko‘rish, yechimni joyida belgilash va natijani nazorat qilish demakdir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3