Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
HAVOTOG‘ QFYDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati E.Qobulov tomonidan Havotog‘ QFY hududida profilaktika inspektori bilan birgalikda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash masalalari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muloqot davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, oilaviy muhitni o‘rganish, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mahalla faollari, profilaktika inspektori va tegishli mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni erta aniqlash va ularni bartaraf etish orqali jinoyatchilikning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

Ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish jinoyatchilikning oldini olishning muhim omillaridan ekani qayd etildi.

Muhokama yakunida hududda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va fuqarolar xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3