35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
Yoshlar bandligi — e’tibor markazida.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 5-«Yangiqishloq» saylov okrugi deputati U. Dustova Uzun mahallasidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida maktabni tamomlagan yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat jarayonida yoshlarning kasb-hunar egallashi, ishga joylashishi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan foydalanishi hamda kelgusida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha fikr va takliflari o‘rganildi.
Deputat yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini o‘rganish bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Yoshlarning bandligi — oilalar farovonligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir. 

Slide 1 of 3