35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
“MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIKDAGI USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Raxmonov tomonidan Oqtosh ota mahallasida mahalla yettilig bilan Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli Qarori asosida mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikdagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Xususan, hududdagi ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishilib, hududdagi muammolarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi.
2026-yilda ishsizlik va migratsiya darajasini pasaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning ijrosi mahalla kesimida o‘rganildi.
O‘rganish davomida:
aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash;
ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash;
ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratilib, ulardan samarali foydalanish va ekin ekish imkoniyatlarini yaratish;
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash;
fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish orqali daromadli faoliyatga jalb etish;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Slide 1 of 1