35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHGA E’TIBOR
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
💠Xalq dardi tinglangan maskan: Sherobodda har bir murojaat e’tibor markazida

➡️Sherobod tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida tuman hokimining navbatdagi ochiq qabuli bo‘lib o‘tdi.

➡️Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

➡️Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash, moddiy yordam, uy-joy, yer munosabatlari hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

➡️Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ularning qonuniy va adolatli yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilot rahbarlari hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

➡️Ta’kidlanganidek, bunday ochiq qabullar xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

➡️Eng muhimi, har bir tinglangan murojaat, har bir berilgan topshiriq va har bir topilgan yechim xalq ishonchini mustahkamlash, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 9