Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati "Shodlik" mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi!
Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi muammolarini joyida hal etish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Shodlik” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar mahalla raisi hamda "mahalla yettiligi" faollari bilan suhbat olib bordilarlar.

Mazkur nazorat-tahlil va muloqot tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni ijrosini mahalla miqyosida samarali ta’minlashga qaratildi.

Tadbiri davomida PF-116-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, quyidagi muhim yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi:

• "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro integratsiyalashgan holda "xonadonbay" ishlash mexanizmlari;

• Aholi murojaatlari bilan ishlash: Kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlar bandligini ta’minlash hamda hududiy infratuzilma muammolarini erta aniqlab, qonuniy hal etish;

• Deputatlik nazorati: Saylov okrugi deputati A.Karimov bilan hamkorlikda "Shodlik" mahallasida yo‘l, elektr, suv hamda obodonlashtirish bo‘yicha aniqlangan muammolarni deputatlik so‘rovlari orqali hal etish chorasi.

Yig‘ilish yakunida mahalla faollariga PF-116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni amaliyotda to‘g‘ri va samarali tashkil etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.