Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

 YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

Og‘ir toifadagi Pop tumani Yangiobod mahallasida aholi uchun munosib sharoit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va mahallaning obodligini ta’minlashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Mahalla binosi va uning moddiy-texnik bazasini yangilash, 4,3 kilometr ichki ko‘chalarni asfaltlash, 1 kilometr lotoklar o‘rnatish belgilangan. Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida 2,7 kilometr piyodalar yo‘lagi, 75 ta tungi yoritkich va 10 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.

Mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport bilan shug‘ullanishi uchun Workout va Streetball maydonchalari ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati N.Abduraximov, Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda mas’ullar ishtirok etdi.  

Slide 1 of 4