Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich o‘zi saylangan hududdagi “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish jarayonida deputat “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi murojaatlari hamda mavjud muammolarni ko‘rib chiqdi. “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan mahallada aniqlangan va aholi tomonidan ko‘tarilgan ayrim masalalar yuzasidan deputatga ma’lumotlar yetkazildi.Deputatlik faoliyati doirasida “mahalla yettiligi” a’zolarining ish faoliyati, xususan, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim va boshqa mas’ul mutaxassislarning aholi bilan ishlash samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy va kommunal infratuzilma, maktabgacha ta’lim muassasalarining holati, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan bog‘liq masalalar hamkorlikda o‘rganildi.Alohida e’tibor yo‘l harakati xavfsizligi masalasiga qaratildi. Jumladan, aholi, ayniqsa, piyodalar va bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli chorrahalardan biriga svetofor o‘rnatish zarurati “mahalla yettiligi” tomonidan deputatga yetkazildi.Mazkur masala deputat va “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida muhokama qilinib, svetofor o‘rnatish masalasini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.Shu bilan birga, aholini barqaror elektr energiyasi,tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash holati ham o‘rganilib, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.Deputat B.Yergashboyevning asosiy yondashuvi — “mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir masalani faqat qayd etib qolmasdan, uning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.Aholi murojaatlari, mahallalardagi infratuzilma holati va “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 3