Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Ayollar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish — e’tiborda

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Ayollar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish — e’tiborda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Xamdamova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududdagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, daromad manbalarini yaratish hamda ijtimoiy muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli oilalar bilan individual ishlash, muammoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishsiz va bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning iqtisodiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida hamkor tashkilotlar tomonidan hududda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda har bir muammoli oilaga individual yondashuv asosida ish olib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3