Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10-sentabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva raislik qildi.

Sessiya kun tartibidan shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda obodonlashtirish va hududlarni toza saqlash bilan bog‘liq muhim masalalar o‘rin oldi.

2026-yil 1-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining hisoboti tinglandi.

Sessiya davomida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar markaziy ko‘chalari bo‘yidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘lov tariflarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan axborot va hisobotlar taqdim etilib, deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9