35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 “JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🌳 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI TOMONIDAN YOSHLAR XIYOBONIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 DASTURLAR IJROSI DOIRASIDA NAVBATDAGI O‘RGANISH
янв.21
📌 Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Deputatlar ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
📊 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning muammosi deputatlar nazoratida
янв.21
Kuz-qish mavsumi oldidan deputatlar hamkorlikda okrugdagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamkorlikda saylov okrugida o‘rganish ishlarini olib bordilar
янв.21
📌 Hududda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida
Bilimlar kuni — yangi maqsadlar va ulkan imkoniyatlar sari qadam

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida 2 sentabr — Bilimlar kuni hamda 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
🔵Tadbirda so‘zga chiqqan L.Behbudova ta’lim — jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagini belgilab beruvchi eng muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
🔵Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va yuksak natijalar davri bo‘lishiga tilak bildirildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlarga bilim olamida muvaffaqiyatlar tilab, ularning qalbida Vatanga muhabbat, ilmga intilish va ezgulik tuyg‘ularini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
🔵Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin! Bilimli va salohiyatli avlod — yurtimizning eng katta boyligidir!

Slide 1 of 3