35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILIGA ILK QADAM!

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tantanali tadbirida ishtirok etdi.

🎓 Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilar, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji birinchi sinf o‘quvchilari uchun unutilmas va hayajonli kunlardan biridir. Mazkur bayram tadbiri o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni bir maqsad — yangi bilim, yangi marralar va ezgu orzular sari birlashtirdi.

🌱 Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida puxta bilim olish, ustozlarning qimmatli tavsiyalariga amal qilish, Vatanga sadoqatli, bilimli va ma’naviyatli yoshlar bo‘lib voyaga yetishlari tilaklari bildirildi.

📚 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni fan, sport va turli to‘garaklarga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yiliga start berilar ekan, barcha o‘quvchilarga yangi bilimlar, yuqori natijalar va katta muvaffaqiyatlar tilandi.

Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar, yangi marralar va porloq kelajak sari muhim qadam!

Slide 1 of 5