35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati Baxromov Isoxon Nosirovich hududida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–457-son) mazmun-mohiyati yuzasidan qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

Targ‘ibot davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi, ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishning qonuniylik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim normalari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ma’muriy qarorlar qabul qilish jarayonida qonun talablariga qat’iy rioya etishi, fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning huquqlari ishonchli himoya qilinishi muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda qonuniylikka qat’iy rioya qilish bo‘yicha kotibiyat mudiri tomonidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3