35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oybek” MFYda joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan jamoatchilik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.O‘rganish jarayonida maktab sport zalining holati,mavjud sport anjomlari va inventarlarining texnik holati hamda ulardan foydalanish samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Jumladan, sport zalining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari va mavjud jihozlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, sport zalidan o‘quvchilar bilan bir qatorda mahalla aholisi va uyushmagan yoshlar ham foydalanayotgani, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib kelinayotgani o‘rganildi.Nazorat-tahlil tadbiri davomida maktab direktori va mas’ullar bilan birgalikda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda pedagoglar faoliyati yuzasidan ham fikr almashildi. Mavjud masalalar muhokama qilinib,ularni bartaraf etish va maktabda sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.O‘rganish yakunida yoshlarni sportga keng jalb etish,sport zalidan samarali foydalanish,mavjud jihozlarni asrab-avaylash hamda ta’lim muassasasida sog‘lom va faol muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.Mazkur tadbir deputatning saylov okrugidagi ijtimoiy soha obyektlarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilishini ta’minlash va aniqlangan masalalarni nazoratga olish borasidagi jamoatchilik nazorati faoliyatining amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.  

Slide 1 of 5