🏟 Mahallada aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Uyg‘ur” MFYda yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud sport inshootlarining holati o‘rganildi.
🥅O‘rganish davomida mahallada sport bilan shug‘ullanish uchun mavjud imkoniyatlar, sport maydonchalarining texnik holati, ularning jihozlanganlik darajasi hamda aholining mazkur inshootlardan foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
🏑Bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda mahallada ommaviy sport tadbirlarini muntazam tashkil etish uchun mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!