35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Xavfsiz mahalla — osoyishta va farovon hayot garovi!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada “Xavfsiz mahalla” tamoyilini ta’minlash, hududda osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, mahalla hududining 6 ta kirish qismiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi. Mazkur kameralar hududga kirib-chiqayotgan transport vositalari va fuqarolar harakatini kuzatish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

️Shuningdek, hududdagi xavfsizlikni ta’minlashda profilaktika inspektori, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5