35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 2-sentyabr kuni Muzrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbirlari bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Ana shunday tadbirlardan biri 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 7-“Qo‘rg‘oncha” saylov okrugidan saylangan deputat Norqobilov Shuhrat Ravshanovich ishtirok etdi. E’tiborlisi, ushbu ta’lim maskani deputatning o‘zi tahsil olgan maktablardan biridir.

Tadbirda yangi o‘quv yilining boshlanishi, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilari uchun unutilmas voqea ekani ta’kidlandi. O‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga muhabbat, insoniylik va ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashda pedagoglarning mas’uliyati katta ekani qayd etildi.

Tadbir davomida yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga bilim olishlari, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tilaklar bildirildi. Birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga Prezidentimizning an’anaviy sovg‘alari topshirildi.

Tantanali tadbirning yana bir muhim jihati — deputat Norqobilov Shuhrat Ravshanovich tomonidan maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilinganidir. Mazkur tashabbus o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadosi esa nafaqat yangi darslar, balki yangi orzu va maqsadlar sari tashlangan ilk qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 5