35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan

2-sentyabr kuni Muzrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbirlari bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod tumandagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yilining boshlanishi, ayniqsa, birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlar hayotidagi unutilmas voqea ekani ta’kidlandi. Ustoz va murabbiylarning yosh avlodga puxta bilim berish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashdagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

Bugungi kunda ta’limga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi. Bu borada maktab, ota-ona va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

“Bilimlar kuni” tadbirining hayajonli va quvonchli lahzalarida maktabning 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i maktablarda nafaqat yangi darslar, balki yangi orzu va maqsadlar sari chorlov bo‘ldi.

Slide 1 of 3