35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
#Interyu

ANGOR TUMANIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN BUNYODKORLIK ISHLARI

Tumanimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Guliston” MFY hududida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, “Chinobod” MFY hududida faoliyat yuritmayotgan, bo‘sh turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi o‘rnida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlash ishlari ham yakunlandi.
Bu kabi loyihalar hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni zamonaviy sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim olishlari uchun munosib muhit yaratishga xizmat qiladi.


Tumanimizdagi umumta’lim maktablarida ham ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori asosida bir qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida sun’iy qoplamali, 25×50 metr o‘lchamdagi mini futbol maydonchasi qurish, katta futbol maydoni atrofida yugurish yo‘lakchasini barpo etish, basketbol maydonchasi hamda workout mashqlari uchun ochiq sport maydonchasi qurish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, maktabning kirish zalini ta’mirlash va bezash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida esa sun’iy qoplamali mini futbol, voleybol va basketbol maydonchalari qurish hamda sport zalining tom qismini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.


Shuningdek, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga talaba sifatida qabul qilinish ko‘rsatkichi ham sezilarli darajada oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Bugun ta’limga kiritilayotgan har qanday sarmoya bu kelajak uchun kiritilayotgan eng muhim sarmoyadir. Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport inshootlari, kutubxonalar va faollar zallarini barpo etish orqali yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Eng muhimi, bu ishlarning barchasi hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, ularning munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bugun ta’lim sohasida yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma va imkoniyatlar ertaga bilimli, salohiyatli va Vatanga munosib yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Faravon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima