35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda barcha sohalarda, jumladan, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 15-sonli “Ko‘k suv” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash raisi E.Bayjanov o‘rniga, Kengash sekretariati boshlig‘i A.Ibragimov tomonidan tumandagi 13-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining bugungi kundagi holati, mavjud sport jihozlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish imkoniyatlari hamda sport inshootidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, sport zalining moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
Ta’kidlash joizki, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar yosh avlod salomatligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish va barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi turmush va kelajak quramiz!”
Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ta’lim va sport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4