35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan saylov okrugidagi “Beshkappa” mahallasida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida, avvalo,aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash,oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Hokim yordamchisi Bekmurod O‘tkirоv tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, “Mahalla loyihasi” va “Biznesga birinchi qadam”dasturlari doirasida tijorat banki bilan hamkorlikda 15 nafar fuqaroga jami 330 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.Shuningdek, 8 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilib,vaucher asosida ta’lim olgan hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan.Joriy yilning 8 oyi davomida mahallada 20 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan, 170 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, 5 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, loyihalar amaliy faoliyatini
boshlagani qayd etildi.Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Bu kabi o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va fuqarolarning turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3