35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan Qo‘qon shahar Kadastr palatasi tomonidan hisobot taqdim etilib, qonun talablarining ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatlov va o‘rganish ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Hisobotda ma’lum qilinishicha, 2026-yil iyul oyiga qadar Qo‘qon shahridagi 27 ta mahalla fuqarolar yig‘inida xatlov ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida shahardagi 1 670 ta obyekt bo‘yicha egalik huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.

Yig‘ilish davomida mazkur obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, ularning huquqiy holatini belgilangan tartibda o‘rganish hamda qonun talablariga muvofiq tegishli choralarni ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama yakunida qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni doimiy komissiya nazoratida saqlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6