35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son Qonuni talablari ijrosi hamda deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 5-bandiga asosan tashkil etildi.
O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish darajasi, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz yashovchi fuqarolar va ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud oilalar bilan individual ishlash, ularning sharoitini o‘rganish hamda zarur xizmatlarni manzilli ravishda yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga belgilangan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda muammoli holatlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish jarayonlari tahlil qilindi.
Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish borasidagi ishlarning samaradorligi ham o‘rganildi.
Yakuniy natijalar asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilab olindi.

Slide 1 of 1