35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Mahalladagi ichki yo‘lni asfaltlashga tayyorlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasida 2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan uzunligi 2701 m ichki yo‘llarni asfaltlashtirishga tayyorlash holati “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida ichki yo‘lning mavjud holati, asfaltlash ishlarini boshlashdan oldin olib borilayotgan tayyorgarlik tadbirlari, yo‘l asosini talab darajasida shakllantirish hamda qurilish ishlarining sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, yo‘lni asfaltlash ishlari boshlanishidan avval uning asosini mustahkamlash, tekislash va zarur tayyorgarlik ishlarini to‘liq yakunlash muhimligi ta’kidlandi. Zero, yo‘l qurilish ishlarining sifatli amalga oshirilishi uning uzoq muddat xizmat qilishi va aholiga qulaylik yaratishida muhim omil hisoblanadi.

🔺Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talab va me’yorlar asosida olib borish, yo‘lni asfaltlashga puxta tayyorlash, ishlarning sifati va muddatlariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2