35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
#sessiyadan

✅Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha doirasida amaliy ishlar nazorat qilinmoqda

✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 22-saylov saylov okrugidagi hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova tomonidan o‘rganib borilmoqda.

✅Navbatdagi o‘rganish Nuroniy mahallasida istiqomat qiluvchi G‘ulomov Sayfi bobo xonadonida o‘tkazildi. Mazkur xonadon ijtimoiy reyestrga kiritilgan, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha doirasida o‘rganildi.

✅Loyiha doirasida xonadonni ta’mirlash ishlari uchun 60 million 924 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘ hisobidan belgilangan ta’mirlash ishlari qay darajada amalga oshirilgani, xonadonning umumiy holati hamda bajarilgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi hamda xonadon egasiga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Bunday amaliy monitoringlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3