35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Deputat Muxtor Ilhomov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat Muxtor Ilhomov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

🏛 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimiz taqdirlandi.

🏅 Quvonarlisi, ular qatorida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov ham “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📝 Mazkur ko‘krak nishoni ko‘p yillik samarali va halol mehnati, kasbiy tajribasi, jamiyat taraqqiyoti hamda xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi munosib xizmatlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimizga beriladi.

🔎 Ushbu yuksak e’tirof deputatning ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamoatchilik hayotidagi faolligi, xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tashabbuslari hamda Vatan ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissasiga berilgan yuksak bahodir.

📋 Muxtor Ilhomovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2