35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 QUNDUZ MAHALLASIDA KO' CHAMA KO'CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
📍 QUNDУZ MAHALLASIDA QONUN IJROSI MONITORING QILINDI
янв.21
♿️ ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR
янв.21
📊 HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎨 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — YOSHLAR IJODIY SALOHIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA
янв.21
🏥 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📖 Maktab ostonasida — yangi umidlar va ezgu niyatlar!
янв.21
🎒 Maktab ostonasida yangi umidlar va ezgu niyatlar!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🛡 Xalq tinchligi va osoyishtaligi — eng ustuvor vazifa

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz va farovon muhitni mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 🇺🇿🤝

🔎 Shu maqsadda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati Mirzayev Turg‘un Yo‘ldoshyevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich tomonidan “Katta hayot” mahallasidagi profilaktika inspektori Xudoyqulov Rahim Chorievichning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

👮‍♂️ O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Profilaktika inspektorining faoliyati katta mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi. Mahalladagi osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi har bir sa’y-harakat xalqimizning tinch va farovon hayotiga xizmat qiladi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🌿 Tinchlik bor joyda — farovonlik, totuvlik va taraqqiyot bo‘ladi!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3