35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

Bandixon tumanidagi "Paxtakor" mahallasida deputatlik nazorati doirasida "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 9-"Paxtakor" saylov okrugi deputati A.Allamuradovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Paxtakor mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdilar.

✅O‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyati alohida e’tiborga olinib, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Mazkur faoliyat "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etilishi, fuqarolarning ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash va ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

✅Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Deputat nazorati – qonunlar ijrosi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

Slide 1 of 2