35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
TOLMOZOR MAHALLASI OMAD KO‘CHASI DA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 TOLMOZOR MAHALLASI OMAD KO‘CHASI DA
MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Dadajonov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Tolmozor mahallasi Omad
ko‘chasida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida deputat A.Dadajonov ko‘chaboshi A.Obidjonov bilan
birgalikda ko‘cha hududini aylanib, ko‘chadagi obodonlashtirish holatini
o‘rgandi.
 

Ko‘chaboshi A.Obidjonov ayni paytda ko‘chadagi asosiy muammo “Farg‘ona
tozalik sanitar servis” MChJning tuman bo‘limi tomonidan maishiy chiqindilarni
belgilangan grafik asosida, o‘z vaqtida olib chiqib ketish ishlari yaxshi
emasligini bildirildi.
 

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat mas’ul tashkilot rahbari
bilan bog‘lanib, aholi e’tirozini yetkazdi, tegishli tavsiyalar berdi va
tashkilot rahbaridan masalani hal etish yuzasidan ijobiy javob oldi.
 

Aniqlangan muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi hamda
ularni ijobiy hal etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4