35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
#19¹_modda #Kengash_qarori_ijrosi_deputat_nazoratida

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan “Guliston” mahallasida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov hamda I.Roziqov ishtirok etdi. 

O‘rganish davomida “Guliston” mahallasida mazkur Kengash qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi, xususan, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

Shuningdek, hududning sanitariya va obodonlashtirish holati, mavjud infratuzilma obyektlarining ahvoli hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullarning hisoboti va amalga
oshirilgan ishlari tahlil qilindi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Kengash qarori ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.  

Slide 1 of 5