35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
FUQARONING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 12-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat X.Nazarova tomonidan o‘z hududidagi “At-Termiziy” MFYda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida Q.Xaydarov ko‘chasi, 61-uyda yashovchi fuqaro Aminova Ra’noxon murojaat qilib, uni “Kambag‘allik reyestri”ga kiritish masalasida amaliy yordam so‘radi.

Mazkur murojaat deputat X.Nazarova tomonidan nazoratga olinib, fuqaroning ijtimoiy va moddiy holati atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, fuqaroning amaldagi tartib va mezonlar asosida “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilishi masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan “At-Termiziy” MFY hokim yordamchisi K.Akbarovga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqaroning ijtimoiy holatini hisobga olgan holda, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zarur ijtimoiy ko‘mak choralarini belgilash va murojaatni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2